-Tugating, bas, - dedim, - siz qildingiz bas,
Ortiq ishq haqida ochmadingiz gap.
Ishoning, u so'zlar meniki emas,
Men, axir, yuribman ishqimni chorlab.

"Ketgan to'lqin albat ortga qaytadi",
O'zimga berurman taskinu to'zim.
"O'zi kelib tag'in ishqin aytadi",
O'zi kelib, ammo, kelmaydi o'zi...

Ishq meni topganda bo'lolmasman el,
So'ng o'zim topmasman, ko'z yoshlarim sel...








